TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar bosh imom-xatibi, marhum Anvar qori Tursunovning xonadoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Qur’on tilovat qilindi. Davlatimiz rahbari Anvar qorining farzandlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Anvar qori Tursunov og‘ir xastalikdan so‘ng 13-iyun kuni oltmish yoshida vafot etgandi.