Markaziy Osiyo baykerlari "Ko‘chmanchi yo‘li" xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi

Motopoyganing asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda do‘stlik, hamjihatlik va mustahkam oila ruhida motomadaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Qirg‘iziston motosiklchilari uyushmasi Markaziy Osiyo motosiklchilari birlashmasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston moto klublari bilan hamkorlikda 3-"Ko‘chmanchi yo‘li" xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi.

Mejdunarodniy motoprobeg "Put kochevnika"

Motopoyga ishtirokchilari to‘rt mamlakat — O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tgan Buyuk Ipak Yo‘li yo‘llari bo‘ylab harakatlanishadi.

Motopoyganing asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda do‘stlik, hamjihatlik va mustahkam oila ruhida motomadaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Motopoygachilar orasida Rossiyaning Tumen shahridan kelgan bayker-ayol Mariya Yakutenko ham bor.

Mejdunarodniy motoprobeg "Put kochevnika"

"Motopoygachilar orasida ayol-baykerlarning borligi bu tabiiy hol", deb ta’kidladi poyga ishtirokchilaridan biri Ilyaz Tuleyev va Tojikistondan ham ular safiga erkak baykerlar qatorida bir nafar ayol-bayker qo‘shilishini aytib o‘tdi. 

Mejdunarodniy motoprobeg "Put kochevnika"

Qirg‘iziston motosiklchilari uyushmasi raisi Asqad Seitbekovga ko‘ra, motopoyga ishtirokchilari 12-iyun kuni Olma-Otada to‘planishgan va ertasi kuni yo‘lga chiqishgan. Kuni kecha ular Toshkent shahriga yetib kelishgan.

"Ushbu motopoyga Qirg‘izistonda o‘tadigan Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlariga bag‘ishlanadi. Ushbu aksiya orqali turli davlatlardagi internet tarmog‘i, ijtimoiy sahifalar foydalanuvchilari o‘ziga xos olimpiya o‘yinlari bo‘lgan Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari, bu o‘yinlarning ahamiyati haqida xabardor bo‘ladilar. O‘zbekiston hukumatiga esa bizga ko‘rsatgan yordamlari uchun barcha baykerlar nomidan tashakkur izhor qilaman", — dedi Sputnik muxbiri bilan suhbatda Seitbekov.

Mejdunarodniy motoprobeg "Put kochevnika"

O‘ttiz yetti nafar motopoygachilar bugun Toshkent shahridan Samarqandga qarab yo‘l oldilar.

Samarqanddan so‘ng ular Tojikistonning Dushanbe, Xo‘jand shaharlaridan o‘tadilar va O‘shga kirib boradilar. So‘ngra baykerlar Toktogul-Bishkek-Issiq-Ko‘l marshruti bo‘ylab harakatlanishadi. Har bir shaharda ularning safi kengayib boraveradi.

Mejdunarodniy motoprobeg "Put kochevnika"

Motopoygachilar o‘z marshrutini 24-iyun kuni Issiq-Ko‘lda bo‘lib o‘tadigan "Qirg‘iziston gavhari" xalqaro Bayk Fest bayrami arafasida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan.