Lola Karimova-Tillayeva barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva barchani kirib kelgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etdi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasi orqali barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

"Barchangizni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Mehribon Allohdan ushbu muqaddas oyda topilgan savob va halovat barchangizga har kuni hamrox bo‘lishini so‘rayman. Iyd Muborak!", — deb yozgan Lola Karimova.

Lola Karimova-Tillyayeva Islom-ota masjid suratini chop etdi.