Toshkent aeroportining yangi terminali bo‘ylab videosayohat

O‘zbekiston poytaxtidagi yangi xalqaro terminal qanday ko‘rinishda va mazkur majmuaning ilk mehmonlari kimlar bo‘ldi. Bu haqda videolavhamizni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.
Sputnik

Rekonstruksiyadan so‘ng terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengaydi. Terminal orqali soatiga 1200 nafarga yaqin yo‘lovchi o‘tishi mumkin.

Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun terminalda 24ta pasport nazorati punkti, to‘rtta yuk lentasi, ikkita valyuta ayirboshlash shaxobchasi, Duty Free magazinlari va kafe-barlar xizmat ko‘rsatadi.

Zamonaviy majmua milliy uslubda barpo etilgan bo‘lib, Toshkentga uchib kelgan turistlar e’tiborini darhol jalb etadi. Mazkur terminaldagi qulaylik va tezkorlikka Seuldan kelgan mehmonlar baho berishdi.

Sizni yangi aerovokzal majmuasi bo‘ylab kichik videosayohatga taklif etamiz.