TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14-iyun kuni Moskvaga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston rahbari Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14-iyundan 15-iyulgacha bo‘lib o‘tadi.