Shavkat Mirziyoyev o‘g‘li va nabirasi bilan bo‘ri "Zabivaka" yonida suratga tushdi

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

"Vnukovo-2" xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi.

"Taomilga ko‘ra, prezidentimizni futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri "Zabivaka" qarshi oldi", — deyilgan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev "Mundial"ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev 14-iyun kuni Moskvaga tashrif buyurganda "Mundial"ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.

O‘zbekiston rahbari o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo‘ri "Zabivaka" yonida suratga tushdi.