TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Tashkent City qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan "Ezidyor" to‘yxonasining egasiga "Versal" to‘yxonasi beriladigan bo‘ldi, deb xabar qildi Toshkent shahar matbuot xizmati O‘zAga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar hokimiyati vakilining ma’lum qilishicha, "Ezidyor" to‘yxonasi egasiga "Versal" to‘yxonasi beriladi.
Shuningdek, "Mumtoz" to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan "Sayohat" restorani beriladi.
"Maqsadimiz, mulklari buzilish hududlarida bo‘lgan tadbirkorlarni rozi qilish, ularga ma’qul bo‘lgan yerdan joy berishdir", — deydi Toshkent shahar hokimligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Ezidyor" va "Mumtoz" to‘yxonalari buzilishi haqida xabar bergandik.