O‘zbekistondan chiqishga cheklov bor-yo‘qligini MIB saytidan bilish mumkin bo‘ldi

Shuningdek, saytda jismoniy shaxsning qarzdorligini aniqlash, gaz va elektr energiyasi bo‘yicha hisob raqam holatini aniqlash ham mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarining xorijga chiqishlariga cheklov qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini internet orqali tekshirishlari mumkin bo‘ldi. Majburiy ijro burosi saytida ana shunday xizmat test rejimida joriy etildi.

Vazirlar Mahkamasi qarzdorlarga bir qancha taqiqlar qo‘ydi

Foydalanuvchi o‘ziga nisbatan respublikadan chiqishga cheklov bor-yo‘qligini aniqlash uchun mazkur sahifaga kirib, ism-sharifi va pasport ma’lumotlarini kiritishi lozim bo‘ladi.

Shuningdek, saytda jismoniy shaxsning qarzdorligini aniqlash, gaz va elektr energiyasi bo‘yicha hisob raqam holatini aniqlash ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi O‘zbekiston prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.

Yuqoridagi farmonga asosan tugatilgan Sud departamentining vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Buroga o‘tkazilgan.