Shavkat Mirziyoyev: Vatanni sevish - ulug‘ fazilat

Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Havo desantchilar brigadasining jangovar mashg‘ulotlarini kuzatdi, harbiylar bilan muloqot qildi.

"Vatanni sevish — ulug‘ fazilat. Yoshlarimizni ana shunday fazilatli qilib tarbiyalashimiz kerak. Buning uchun siz kabi mag‘rur, baquvvat yigitlar namuna bo‘lishi zarur. Yoshlar bilan tez-tez uchrashib turishi, ularni milliy iftixor, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishi kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev posetil v Ferganskoy oblasti voinskuyu chast Vostochnogo voyennogo okruga
Voyennoslujashie armii Uzbekistana
Pokazatelnie vistuplenie voyennoslujashix VS RUz
Voyennoslujashiy armii Uzbekistana sovershayet prijok s parashutom
Stolovaya v voinskoy chasti Vostochnogo voyennogo okruga, kotoruyu posetil Shavkat Mirziyoyev

Havo desantchilari tayyorgarligini oshirib borish uchun aerodinamik trenajorlar o‘rnatish, "Vatanparvar" tashkilotlari qoshida parashutchilar to‘garaklari ochish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi, kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’naviyat markazi, autsorsing tizimi joriy etilgan oshxonani kirib ko‘rdi.