Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas - Shavkat Mirziyoyev

Avvalroq mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar ittifoqi raisi Farg‘ona vodiysiga safari chog‘ida to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisini savolga tutib, vodiyda to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Daryo.uz” o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.

“Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat”,  – degan Shavkat Mirziyoyev.