O‘zbekistonliklar AliExpressda qilgan xaridlari hajmi 90 %ga oshdi

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari xorijiy internet magazinlardan bojxona to‘lovlarisiz bir oy davomida qiymati 1000 $gacha bo‘lgan xaridlar amalga oshirishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 12 – iyun – Sputnik. Dunyoning eng yirik elektron savdo maydonchalaridan biri bo‘lgan AliExpressda, o‘tgan yilda O‘zbekistondan amalga oshirilgan xaridlar hajmi 90% ga oshdi, deb xabar qilmoqda xitoyning Esns.cn nashri.

“O‘zbekistonliklar, boshqa mamlakatlik xaridorlar kabi, asosan kiyim, aksessuarlar, mobil telefonlar, maishiy texnika va kosmetika sotib olishgan”, — deyilgan xabarda.

Xitoy nashrida aytilishiga ko‘ra Markaziy Osiyo hududida xaridlar hajmi eng tez o‘sayotgan mamlakat Qirg‘iziston bo‘lib qolmoqda. “Ushbu mamalkat bilan qilingan savdo hajmi 4 baravar oshgan. Tojikiston bilan savdo hajmo 110 %ga, Qozog‘iston bilan 82 %ga oshgan”, — deyilgan xabarda.

O‘zbekiston mahsulotlari eBay, AliExpress elektron savdo maydonlarida sotiladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yili AliExpressda sotib olingan eng qimmat tovar — ekinlarga dori sepuvchi dron bo‘lgan. Qiymati 6000 $ lik uskunani hindistonlik tadbirkor xarid qilgan.   

Eslatib o‘tmiz, ayni damda O‘zbekiston xorijiy internet magazinlar orqali sotib olinayotgan mahsulotlar uchun yangi bojxona tariflari ishlab chiqarilmoqda. Yangi qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, yilning bir kvartali, ya’ni uch oy davomida shaxsiy foydalanish maqsadida olib kelinayotgan mahsulotlarning qiymati 1000 AQSh dollaridan, vazni 30 kgdan oshmasa – bojxona to‘lovlarisiz amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari bir oy davomida xorijiy internet magazinlardan bojxona to‘lovlarisiz qiymati 1000 $gacha bo‘lgan xaridlarni amalga oshirishlari mumkin.