Mirziyoyev Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

Rossiya kuni 12-iyun kuni nishonlanadi. Bu Rossiyadagi eng yosh bayramlardan biri hisoblanadi
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni 12-iyun — Rossiya kuni bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Rossiya kuni 12-iyun kuni nishonlanadi. Bu Rossiyadagi eng yosh bayramlardan biri hisoblanadi.

Rossiya kuni bayrami nishonlanadigan sanada ilm-fan va texnologiya, adabiyot va san’at, shuningdek, erishilgan buyuk gumanitar yutuqlar sohalarida Rossiya Federatsiyasining Davlat mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladi.

Taqdirlash marosimi 12-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tadi.