TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 yun kuni Farg‘onaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishadi.
Odatda, o‘z safarlari davomida O‘zbekiston rahbari xalq bilan ham muloqot qiladi.