Ronalduga o‘z rasmini sovg‘a qilishdi

Ochiq mashg‘ulot vaqtida Ronalduga uning portretini sovg‘a qilishdi. Portretda Krishtianu Saransk shahri manzarasida tasvirlangan.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Krishtianu Ronalduga Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan ochiq mashg‘ulot vaqtida o‘z portretini sovg‘a  qilishdi.

10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan ochiq mashg‘ulot vaqtida moskvalik rassom Andrey Shatilov Ronalduga uning portretini sovg‘a qildi. Portretda Krishtianu Saransk shahri manzaraisda tasvirlangan.

Salaxni Grozniyda qanday kutib olishdi

"Real" o‘yinchisi, albatta, hech qachon Saranskda bo‘lmagan, lekin Portugaliya va Eron jamoasining o‘yini aynan ushbu shaharda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  

Aytish joizki, haqiqiy futbol muxlisi bo‘lgan rassom Andrey Shatilov Jahon chempionati oldidan Rossiyaning futbol o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11ta shahri manzarasida 11 dunyo futbol yulduzlari tasvirlangan rasmlar seriyasini chizgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyun kuni Portugaliya terma jamoasi Moskvaga yetib kelgan edi. Jamoa Jahon Chempionatiga tayyorlanish uchun Moskva viloyatining Kratovo shaharchasiga joylashtirilgan edi.#PRAMAYaTRANSLYaTSIYa Pribitie portugalskoy sbornoy i Ronaldu na trenirovochnuyu bazu v Kratovo #ChM2018https://t.co/RSLuOZAC8E