TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston diniy ulamolari Ramazon hayit kunini belgilashdi. Ushbu qaror uch mamlakat diniy idoralari rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qabul qilindi.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Ramazon hayit kuni deb 15-iyun belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayit kunlarida uzuluksiz dam olish 3 kun davom etadi. An’anaga ko‘ra ushbu kunlarda musulmonlar hayit namozi o‘qiydi, uzoq va yaqin qarindoshlaridan xabar oladi hamda xayriya ishlarni amalga oshirishadi.