O‘zbekistonda guvohlarni himoya qilish dasturi ishga tushishi mumkin

Yangi qonun qabul qilinsa, guvohlar o‘z pasport ma’lumotlari va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Oliy sudi mamlakatda guvohlarni himoya qilish tizimini joriy etishni taklif qilmoqda. Yangi qonun loyihasi YaIDXP portalida jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan.

Keltirilgan jadvalga ko‘ra qonun loyihasi sentabr oyida Parlament muhokamasiga chiqariladi.

“Yangi qonun qabul qilingan taqdirda, jinoiy ish yuzasidan jalb etilgan fuqarolarni himoya qilish, hamda Stambul shartnomasini bajarish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida xalqaro maydonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakat obro‘sini ko‘taradi”, — deyilgan qonun loyiasi bilan e’lon qilingan xabarda.

taklif qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, xavfsizlik maqsadida, guvohlar o‘z pasport ma’lumotlari va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi, ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlarga  cheklov kiritish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, jinoyat ishida ishtirok etayotgan fuqarolar uyini qo‘riqlash, shaxsiy qo‘riqchi ajratish uy va ish joylarini almashtirish imkoniyati ham beriladi.

Himoya choralari quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin:

  • Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili;
  • Guvoh;
  • Prokuror va advokat;   
  • Gumon qilinuvchi shaxs yoki uning vakillari;
  • Sudlanib oqlangan kishi, agar unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilingan bo‘lsa;
  • Ushbu ishda qatnashuvchi mutaxassislar: ekspert, tarjimon, pedagog va psixiologlar  

Qonun loyihasida belgilanishiga ko‘ra, ushbu davlat dasturi faqat davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.