G8, G7 yoki G6+1? Hamma bir tomon Tramp boshqa tomon

Kvebekda bo‘lib o‘tgan G7 sammiti a’zolari eng muhim va asosiy masalalar bo‘yicha bir qarorga kelisha olmadi. Hammasiga AQSh pozitsiyasi sabab bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Xitoyning Sindao shahrida ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tayotgan bir vaqtda Kanadaning La Malbe shahrida “Katta yettilik” G7 sammiti ham bo‘lib o‘tdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Qizig‘i shundaki, AQSh prezidenti Donald Tramp sammitni barchadan oldin tark etdi va yo‘l-yo‘lakay uning yakunlarini tasdiqlamasligini ma’lum qildi.

Tramp Meyni o‘qituvchi deb atadi va u bilan G7 sammitida uchrashishni istamadi - OAV

Hammaga ma’lumki, sammit arafasida AQSh bir tomonlama tartibda Eron yadroviy shartnomasidan chiqdi. Undan tashqari barcha mamlakatlar, jumladan o‘zining yevropalik hamkorlari va hatto Kanada uchun ham alyuminiy va po‘lat uchun bojlar joriy qildi. Bir yil oldin esa AQSh yakka tartibda Parijda imzolangan ekologiya shartnomasidan ham chiqib olgan edi.

G7 mamlakatlari orasida AQShning bunday “yakkaxonligi” albatta keskin qarshi olindi. Ayniqsa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Kanada prezidenti Jastin Turdolar sammit oldidan, Tramp bilan oxirigacha kurashishga tayyor ekanligini bildirishgan edi. Germaniya kansleri Angela Merkel ham Eron yadroviy dasturi borasidagi AQSh pozitsiyasiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.

Natijada guyoki hammaning roziligi bilan e’lon qilingan kommunikega nisbatan AQShning munosabati tushunarsiz bo‘lib qoldi. Singapurga Kim Chen In bilan uchrashish uchun uchib ketayotgan Donald Tramp Kanada prezidenti “unga noto‘g‘ri faktlar keltirgani” va u “o‘z yordamchilariga ushbu kommunikga rozi bo‘lmaslikni topshirgan” haqida xabar qildi.

Kommunike

"Yuqori darajadagi" telbalik: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilib nimaga erishdi

G7ningyakuniy Kommunikesida aytilishiga ko‘ra, barcha a’zolari o‘zaro erkin savdo-sotiq, Eronni raketalar uchirmaslikka chaqirish haqida kelishib olishgan. Shuningdek ular Suriya hukumatini kimoviy quroldan foydalanishda va Rossiyani Suriya rejimini qo‘llab-quvvatlashda, “Skripalni zaharlashda” ayblashgan.

G7 yoki G8?

AQSh rahbari sammitda yana bir fikrni e’lon qildi. Xususan, u Rossiyada ushbu kengashga qaytarishni va uni yana G8 formatiga qaytarishni taklif qildi. Tramp aytishiga qaraganda “Bu butun dunyo uchun foydali bo‘lardi”.  

Xitoyning Sindao shahrida bo‘lgan Vldimir Putin ushbu xabarga xotirjamlik bilan munosabat bildirdi.

“Biz u tashkilotdan chiqqanimiz yo‘q. Hamkasabalarimizning o‘zlari bir vaqtlar Rossiyaga kelishdan bosh tortgan edi. Marhamat, kelishsin Moskvaga, biz ularni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz”, — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, bir vaqtlar ushbu tashkilot "G8", ya’ni "Katta sakkizlik" deb atalar edi. 2014-yilda Ukrainada hukumat o‘zgarishi va Qrimning Rossiyaga qo‘shilishidan, keyin Rossiya G8 davlatlari Rossiyani Qrimni "anneksiya qilishda" ayblab, Moskvaga sammitga kelishdan bosh tortishgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga qarganda, ayni damda Rossiya uchun G8 klubida ishtirok etishning dolzarbligi qolmagan. O‘tgan davr mobaynida Rossiya ShHT va G20 klublari doirasi o‘zining munosib o‘rnini topgan.