Abu Dabida ro‘za vaqti jamoat joylarida yeb-ichgan kishi jarimaga tortiladi

Abu Dabida Ramazon oyida jamoat joylarida ovqat yegan, suv ichgan yoki tamachi chekkan kishi, qaysi dinga mansub bo‘lishidan qa’iy nazar, jarimaga tortiladi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Birlashgan Arab Amirligidagi Abu Dabi shahrida Ramazon oyida jamoat joylarida taom iste’mol qilganlik, suv ichganlik hamda chekkanlik uchun jarimaga tortiladi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi xabariga asosan.

Jarima miqdori ikki ming dirham (550 AQSh dollari) miqdorida ekani aytilgan. Bundan tashqari, jamoat joyda ovqatlanganlik uchun bir oygacha qamoqqa olish jazosi qo‘llanilishi ham mumk.

1987 yilda qabul qilingan BAA 3-sonli Federal qonunining 313-moddasiga binoan, Ramazon oyi davomida kunduzgi vaqtda taom yeyish, tamaki chekish taqiqlangan. Ushbu qoida BAAdagi diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barcha uchun amal qiladi.