O‘zbekistonlik yetti bokschi Qozog‘iston prezidenti Kubogi yarim finaliga chiqdi

Musobaqa g‘oliblari nomi ertaga ma’lum bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti Kubogi musobaqasining yarim final bahslarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan chorak final janglarida Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga mag‘lubiyatga uchradi.

Og‘ir vaznli toifasida Sanjar Tursunov esa mezbonlar vakili Anton Pinchukka imkoniyatni boy berdi.

Bugun Shahobiddin Zoirov, Shunqor Abdurasulov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliyev, Mahmud G‘oipov, Isroil Madrimov va Bektemir Meliqo‘ziyev bugun yarim final bahslarida ishtirok etishadi.

Musobaqa g‘oliblari nomi ertaga ma’lum bo‘ladi.