Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha aviareyslar joriy etiladi

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” Bishkek, Rostov-Don va Mineralnie-Vodiga qatnovlar soni oshirilganini ma’lum qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Shu yil 18-iyundan boshlab Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta shaharga qatnovlar sonini oshirdi

Qo‘shimcha reyslar haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari zamonaviy laynerlarda amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha ( mahalliy vaqt):

HY-613 Toshkent 13:00 — Moskva 15:15;

HY-614 Moskva 16:45 — Toshkent 22:35.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” Bishkek, Rostov-Don va Mineralnie-Vodiga qatnovlar soni oshirilganini ma’lum qilgandi.