O‘zbek madaniyatining bebaho durdonalarini asrab qolish masalasi muhokama qilindi

Sputnik

Sankt-Peterburg Davlat Ermitajida o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid juda katta miqdordagi madaniy yodgorliklar saqlanmoqda.

O‘tgan asrda O‘zbekiston hududida olib borilgan arxeologik ekspeditsiyalar davomida topilgan osori atiqalar, turli davrlarga oid tangalar, qo‘lozmalar va hujjatlar, xalq amaliy san’ati namunalari, zargarlik, miskarlik va kandakorlik mahsulotlari o‘zbek xalqining boy va betakror tarixi, buyuk madaniyati ifodasi sifatida muzey ekspozitsiyalarida namoyish etib kelinmoqda.