Xuddi Parijdagidek: Toshkentdagi parkka fransuz charxpalagi o‘rnatildi

Attraksion Parijdagi Eyfel minorasi yaqinida o‘rnatilgan charxpalak bilan bir xil
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi parkka haqiqiy fransuz charxpalagi o‘rnatildi, deb xabar berdi bog‘ ma’muriyati o‘zining Facebookdagi sahifasida.

V Central Park ustanovlena pervaya v Uzbekistane nastoyashaya fransuzskaya karusel. Tochno takaya je ustanovlena v Parije vozle Eyfelevoy bashni.

Attraksion Parijdagi Eyfel minorasi yaqinida o‘rnatilgan charxpalak bilan bir xil bo‘lib, u 100 yildan buyon jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan Fransiya kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.

"Attraksionni yaratishda qo‘lda tayyorlangan va mualliflik bezaklaridan foydalanildi. Qorong‘i tushganida charxpalakni 2000 ta turli chiroqlar yoritib, u harakatsiz turganida ham xuddi harakatlanayotgandek tasavvur hosil qiladi", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent ko‘chalarini bezatish bilan Moskvadagi mashhur “Zaradye” parkini qurgan Rossiyaning "Strelka" konstruktorlik burosi shug‘ullanishi xabar qilingandi.