Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazishni davom ettirmoqda

Bir kilovatt-soatiga 2 AQSh sentidan, jami bo‘lib 500 mln kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilinadi
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshlab yubordi, deb xabar berdi Qirg‘izistonning “Elektr stansiyalari” OAJ matbuot xizmati.

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari doirasida va Qirg‘iziston suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida yoz mavsumida elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettirish haqidagi kelishuvga erishildi.

"Elektr stansiyalari” OAJ va “O‘zbekenergo” AJ o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, O‘zbekistonga elektr energiyasini uzatish 8-iyundan boshlandi va 2018-yilning avgustigacha davom etadi. Bir kilovatt-soatiga 2 AQSh sentidan, jami bo‘lib 500 mln kilovatt-soat  elektr energiyasi eksport qilinadi", - deyiladi xabarda.

To‘qtag‘ul suv omborining 2018-yilga rejalashtirilayotgan suv hajmi elektr energiyasini eksport qilish imkonini beradi,  energiya yetkazib berish hajmi tomonlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib muvofiqlashtiriladi.