Shavkat Mirziyoyevni Sindao shahrida tantanali kutib olishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyun kuni Xitoyning Sindao shahriga yetib keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Prezident Uzbekistana pribil v Sindao

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Sammit doirasida O‘zbekiston prezidentining Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.