Sergeli tumanidagi yog‘och uylar muammosi qanday hal etilishi ma’lum bo‘ldi

Sergeli tumanidagi yog‘och uylar hududi investorlarga yangi ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun bo‘lib beriladi
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sergeli tumanidagi yog‘och uylarda istiqomat qiladigan aholiga ko‘p qavatli uylar beriladi. Bu haqda Sergeli tumani hokimi Nozim Xusanov ma’lum qildi.

Toshkentdagi 10 hokimga "vaqtincha vazifasini bajaruvchi" maqomi berildi

Hokim so‘zlariga ko‘ra, yog‘och uylar hududi investorlarga yangi ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun bo‘lib beriladi. Ya’ni, investorlarga yog‘och uylarda istiqomat qiladigan aholiga tumanning boshqa hududidan ko‘p qavatli uy qurib berish sharti qo‘yiladi. Investorlarga yangi ko‘p qavatli uylar qurish uchun tuman hokimligi tomonidan alohida yer maydoni ajratiladi.

Aholi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chgandan so‘ng, yog‘och uylar buzilib o‘rniga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Yangi uylar qurilishida hududda ijtimoiy obyektlar hisobga olinadi. Ya’ni hududda maktabgacha ta’lim muassasi, maktab, kasalxona, sport maydonchalarini qurish ham rejalashtirilgan.

Hokimning aytishicha joriy yilda besh mingdan ortiq xonadonni foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.