Bir necha haftalik tinimsiz mashg‘ulotlardan keyin Toshkent harbiy okrugiga qarashli «Markaz» desantchilar tayyorlash bazasida harbiy xizmatchilar "Toshkent dengizi"ga parashut bilan sakrashdi.
Harbiylar bir necha kun davomida MI-8 vertolotidan parashut bilan 400 metr balandlikdan sakrashni amalga oshirib, jangovar shayliklari, tayyorgarliklari qay darajada ekanligini namoyish etdi.
Ular suvga tushgandan keyin parashutni yig‘ishtirib, qayiqchilarga topshirdi va qirg‘oqqacha bo‘lgan 200-300 metr masofani suzib o‘tdi.
Harbiylar qo‘yilgan barcha jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishdi.