O‘zbekiston Kolumbiyaning o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish taklifiga rad javobini berdi - OAV

Kolumbiyaliklar JCh-2018 boshlanguniga qadar Yevropada O‘zbekiston bilan o‘ynashni istadi. Biroq O‘FA ushbu taklifga rad javobini berdi
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar berdi championat.asia.

Urugvay – O‘zbekiston uchrashuvi ikkita telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi

“Kolumbiyaliklar JCh-2018 boshlanguniga qadar Yevropada O‘zbekiston bilan o‘ynashni istadi. Biroq O‘FA ushbu taklifga rad javobini berdi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, rad javobi berilishining bir qator sabablari bor.

O‘zbekiston terma jamoasi 8-iyun kuni Montevideo shahrida Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Kolumbiya 12-iyun kuni Rossiyaning Qozon shahriga yetib borishi kerak.

“Terma jamoamiz Urugvaydan qaytib kelishiga vaqt juda kam edi. Bundan tashqari 10-12 iyun kunlari Superligada 15-tur bahslari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.