O‘zbekiston birinchi marta gilosni Xitoyga eksport qildi

"O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi Xitoy bojxona xizmati bilan bir qator shartnomalar imzolagan. Xitoylik sheriklarda o‘zbek mevalarini yetkazilishiga qiziqish katta.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Xitoyga gilos va moshning birinchi partiyasini jo‘natdi, deb xabar qildi "O‘zbekoziqovqatxolding" davlat kompaniyasi matbuot xizmati.

O‘zbekistondan 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilinadi

Yaqin vaqtlarda Xitoyga 10 ming tonna gilos, 3 ming tonna uzum va 2 ming tonna yong‘oq eksport qilinadi.

O‘zbekiston kompaniyasi yangi xaridorlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston may oyida xorijga meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar — 120 ming tonna 150 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilishga erishdi. Asosiy va doimiy sheriklar bu — Qozog‘iston va Rossiya, ulardan keyin — Xitoy, Indoneziya, Malayziya va Janubiy Koreya.

2018 yil yakuniga qadar jami eksport meva va sabzavot mahsulotlarining 60 foiziga yaqini Rossiyaga jo‘natilishi mumkin, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilari 1,5 milliard dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilish rejalashtirganlar.