TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Samarqand shahridagi “Muliyon” mahallasida yashovchi tadbirkor mahalladoshlariga bepul non tarqatib kelmoqda, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.
U har juma kuni 30-umumta’lim maktabi yonida mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatadi.
23 yoshli Samar Mahmudov non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexiga ega.
Samarning so‘zlariga ko‘ra, savob ish qilganda insonning o‘zi o‘zgaradi, u yanada yaxshi odamga aylanadi.
“Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerakmas, har bir kishi boshqaga ko‘maklashib dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkin”, - deydi u.