O‘zbekistonda turoperatorlarga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi

Yiliga 500dan ortiq turistlar qabul qiladigan turoperatorlar litsenziya olishi va bir necha xorijiy tillarda yuritilayotgan veb-saytga ega bo‘lishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda iyun boshida turizm sohasida oldin qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish kiritish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.

Unda O‘zbekiston hududida oldin qabul qilingan turizm sohasiga doir qonunlarga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Vazirlar Mahkamasining 189 sonli “Turist faoliyatni litsenziyalash tartibi”ga quyidagi o‘zgartirish kiritildi:

Samarqand turistlar uchun dunyoning eng yaxshi shaharlari o‘ntaligiga kiritildi

Yiliga 500dan ortiq turistlar qabul qiladigan turoperatorlarga litsenziya olish va bir necha xorijiy tillarda yuritilayotgan veb-saytga ega bo‘lishi kerak. Turkompaniya saytida elektron to‘lovlar, mehmonxonalarni bron qilish va bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirish xizmatlari mavjud bo‘lishi kerak.

Ikkinchidan, xorijiy fuqarolarni O‘zbekistonga taklif qilayotgan turopreatorlar va jismoniy shaxslar zimmasiga mehmonlarga ularning O‘zbekiston hududidagi huquq va majburiyatlarini tushuntirib berish vazifasi yuklatiladi.

Shu bilan bir vaqtda, turoperatorlar va ularning xodimlari turistlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Uchinchidan, O‘zbekistonga vaqtincha kelgan MDH fuqarolari ro‘yxatdan  o‘tkazilganda olinadigan to‘lovlar quyidagi tartibga ham  o‘zgartirish kiritildi:

  • 1 oygacha - hech qanday to‘lov olinmaydi;
  • 2 oydan 6 oygacha – 5 AQSh dollari miqdorida;
  • 6 oydan o‘zoq muddatga – 10 AQSh dollari miqdorida.