O‘zbekistondan Afg‘onistonga 3 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekistondan Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun. O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Respublikasiga mamlakatda kuzatilgan qurg‘oqchilik sabab 3100 tonna miqdoridagi un-don mahsulotlari yuborildi, deb xabar qildi "Jahon" axborot agentligi.

Afg‘oniston shimolidagi 20 ming nafar jangarilar tufayli ODKBga tahdid kuchaymoqda

O‘zbekistondan Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yuborishi munosabati bilan Hayraton shahrida ikki davlat hukumat vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Afg‘onistondagi vakili Ismatilla Ergashev ishtirok etdi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga bir qator masalalarda doimiy ravishda yordam berib kelmoqda. Dolzarb muammolardan biri – hamkorlikda terrorizmga qarshi kurashdir.

May oyida O‘zbekiston delegatsiyasi "ShHT-Afg‘oniston" aloqa guruhi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu guruh o‘z ish faoliyatini 2017-yil oktabr oyida boshlagan.

O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari so‘ngi uchrashuvi 4-may kuni o‘tkazildi. Unda tomonlar savdo iqtisodiy va siyosiy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.