"O‘ztransgaz"ga yangi rahbar tayinlandi

"O‘ztransgaz" AJning asosiy vazifasi respublika iste’molchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Sharifjon Ahmedovich Tursunov "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi, bu haqda jamiyatning rasmiy saytida ma’lumot berildi.

Undan avval ushbu lavozimda o‘tgan yilning avgust oyida beri Alisher Mustafoyev bo‘lgan.

O‘zbekiston iste’molchilarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek transportirovka qilish, tranzit va eksport qilish "O‘ztransgaz" AJga yuklatilgan.

Kompaniya 120 ming km kichik va o‘rta bosimdagi gaztarqatish tarmoqlarini boshqaradi. Ular orqali Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlariga gaz eksport qilinadi.