Gvatemalada vulqon otilishi oqibatida 69 kishi qurbon bo‘ldi

Gvatemalada Fuego vulqoni otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 69 nafarga yetdi. Qidiruvi-qutqaruv tadbirlari davomida qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilayapti.
Sputnik

Xavfli hududdan 1,8 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Davlatda ro‘y bergan ushbu falokat munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilingan. Ayrim shaharlarda "qizil" darajadagi xavf e’lon qilindi.

Bu vulqon otilishi so‘nggi 40-yil ichida eng kuchli deb baholanmoqda.