Toshkent viloyatida ayol o‘z erini o‘ldirib, so‘ngra uni qidiruvga berdi

"Bedarak yo‘qolgan" erkakning jasadi o‘z uyidan topildi
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi o‘z uyidan topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Namanganda singil o‘z tug‘ishgan akasini o‘ldirish uchun "killer" yolladi

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 19-sentabrda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida  yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Ayol o‘z arizasida 2017-yil 16-sentabr kuni turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida "bedarak yo‘qolgan" erkakning jasadi o‘z uyidan topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, marhumning uyida yollanib ishlagan, muqaddam sudlangan B.S. uy bekasi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 17-sentabr kuni H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirishgan. So‘ngra ikkalasi birgalikda jasadni hovliga ko‘mib yuborganliklari aniqlangan.

Jinoyat ishtirokchilari ushlangan.