TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda nobiometrik pasportlar tugashiga bir oydan kam vaqt qolishi munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritildi.
"11 tumandagi barcha bo‘limlar ertalab soat 8:00 dan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi. Bundan tashqari endilikda yakshanba- dam olish kunida ham aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Hurmatli fuqarolar, cizdan o‘z vaqtida pasportingizni almashtirishni so‘raymiz”, — deyilgan xabarda.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.