O‘zbekistonda "Muslim TV" internet telekanali ish boshladi

Mobil qurilmalar uchun itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda telekanalni kuzatish mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyida "Muslim TV" internet telekanali yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda diniy idora matbuot xizmati xabar berdi.

"Muslim TV" internet telekanali internet tarmog‘ida katta auditoriyaga ega bo‘lgan "ITV.UZ" interaktiv televideniyesi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yildi.

Xabarda aytilishicha, "ITV.UZ"ga ulanish orqali va internet tarmog‘idagi itv.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan holda "Muslim TV" telekanali ko‘rsatuvlarini tomosha qilish mumkin.

Mobil qurilmalar uchun esa itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda telekanalni kuzatish mumkin bo‘ladi.