TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.
Bu mahallada 9 ko‘p qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
“Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yo‘llar va uy-joylar ta’mirlanib, ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq prezident poytaxtda quriladigan yangi yo‘l o‘tkazgich, Tashkent City biznes-markazi va “Humo Arena” muz saroyi qurilishi ishlari bilan tanishgandi.