TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator kubogi musobaqasi yakunlandi.
Xalqaro turnirning final janglarida o‘zbekistonlik 7 nafar bokschi ringga ko‘tarildi.
Ulardan ikki nafari - Shahobiddin Zoirov va Miraziz Mirzahalilov bir-birlariga raqib bo‘ldi.
Miraziz Mirzahalilov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov oltin medal, Hasanboy Do‘smatov, Shunqor Abdurasulov, Shahobiddin Zoirov kumush va Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov, Sanjar Tursunovlar bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 4ta oltin, 3ta kumush, 3ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Rossiya terma jamoasi 4ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi.