Chevrolet Captiva avtomobili ishlab chiqarishdan olinadi

Hozirgi vaqtda Captiva o‘rnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Yil oxirigacha ushbu turdagi mashinani ishlab chiqarish to‘xtatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyun. GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi 2018-yil oxirigacha Chevrolet Captiva avtomobilini ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

“Hozirda Captiva o‘rnini bosadigan model tayyorlanmoqda. Mashina o‘z hayot siklining oxiriga yaqinlashmoqda. Yil oxirigacha uni chiqarish to‘xtatiladi”, - deb ma’lum qildi "RIA Novosti"ga “O‘zavtosanoat” vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, korxonaning modellarni yangilash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda Captiva 2007-yil oktabr oyidan beri ishlab chiqarilmoqda.

2018 yilda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan yig‘ilishi to‘xtatilgan uchinchi modeldir – aprel oyida zavod Orlando miniveni ishlab chiqarilishi to‘xtatilgandi. Iyul oyida esa Matiz mashinasi ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqida ma’lum qilingan.

General Motors O‘zbekistondagi zavodlarini sotadi

“O‘zavtosanoat” AJ 2017-yil noyabrda bergan ma’lumotga ko‘ra, GM Korea bilan 2019-yilda ikkita yangi model Tracker yo‘ltanlamasi va zamonaviylashtirilgan Cobalt avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Kompaniya shu yilning o‘zida Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni boshladi. Chevrolet Tracker o‘ta og‘ir sharoitlarda sinovdan o‘tkazildi. Ushbu mashina Orol dengizidan ishlab chqarish zavodigacha – tog‘li yerlar va cho‘l hududlar orqali minglab kilometr masofani bosib o‘tdi.