O‘zbekistonga turkiyalik ulamolar keladi

Turkiya delegatsiyasi Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlarini ziyorat qilishi hamda hududlarda diniy idora vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga Turkiyadan bir guruh olimlar delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1-6 iyun kunlari O‘zbekistonga Turkiya Respublikasidan bir guruh olimlar delegatsiyasi tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Turkiya delegatsiyasi Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlarini ziyorat qilishi hamda hududlarda diniy idora vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.