O‘zbekistonda 5 oy davomida eng ko‘p uylar qurilgan hududlar ma’lum bo‘ldi

Yil boshidan respublikada qurilish uchun 13,1 trillion so‘m sarflandi.
Sputnik

TOShKENT, 31-may — Sputnik. 2018-yil 5 oy davomida eng ko‘p uylar Navoiy viloyatida qurildi, deb xabar qildi “Novosti Uzbekistana” nashri.

Toshkentda zamonaviy ko‘p qavatli parkovkalar quriladi

2018 yilda qurilish ishlar hajmi 13,1 foizga ko‘paydi. Eng ko‘p uylar Navoiy viloyatida (27,5 %), Toshkent viloyatida (12,0 %) hamda Toshkent shaharda (9,6%) qurildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Andijon viloyatlarida yanvar-mayda 7,5 % va 5,1 % ga yaqin imoratlar barpo etildi.

Shu o‘rinda 2017-yil yanvar-aprel oylarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yangi qurilgan uylarning soni 5,5 % va 6,7 % ga kamaygandi. Buxoro viloyatida esa keskin (22,8 %) kamayish kuzatilgandi.

Bino va inshootlarni qurilishi bo‘yicha 2017-yilning mos davri bilan solishtirilganda jami 18,1 foizga yoki 10,5 trillion so‘mgacha, fuqarolik obyektlar esa 1,7 %ga yoki 1,3 trillion so‘mgacha ko‘paydi.

Yil boshidan respublikada qurilish uchun 13,1 trillion so‘m sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi aprelda davlat budjeti e’lon qilingandi. Unga ko‘ra shu yilda respublikada ikki baravar ko‘p uylar qurish rejalashtirilgan. Shulardan 40 dan ortiq binolar harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ajratiladi, bu qurilish uchun 2 trillion so‘m mablag‘ sarflanadi.