Xokkey shlomi o‘rniga do‘ppi: rossiyalik xokkeychi O‘zbekistonda dam olmoqda

Sportchi dastlab turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentni aylangan. Keyin esa tog‘larga yo‘l olgan va nihoyat Samarqandda bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Kontinental xokkeyi ligasi o‘yinchisi, Rossiya terma jamoasi a’zosi Sergey Shirokov yangi mavsum oldidan O‘zbekistonda kuch to‘plamoqda.

Xokkeychi sayohati davomida tushgan fotosuratlarini obunachilariga taqdim etib bormoqda.

Suratlarga qaraganda, sportchi dastlab turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentni aylangan. Keyin esa tog‘larga yo‘l olgan va nihoyat Samarqandda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Avangard" rahbariyati Shirokov bilan ikki yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.