Toshkentda viloyatlarga investitsiyalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Muhokamada bir qator vazirlik va hokimliklar, ilmiy tadqiqot institut vakillari hamda auditorlik kompaniyalar ekspertlari qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida respublika viloyatlaridagi investitsion muhit muhokama qilindi, deb xabar qildi ushbu qo‘mita matbuot xizmati.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi mutaxassislari viloyatlarda investitsion muhitni reyting baholash uslubiyotini muhokamaga qo‘yishdi.

“O‘zbekiston viloyatlar investitsion muhitni aniqlash tizimi g‘arbiy investor uchun o‘z qarorni qabul qilish bo‘yicha zaruriy vositaga aylanishi kerak”, - deb ta’kidladi boshqarma boshlig‘i Nodir Abdullayev.

Savdo-sanoat palatasi mutaxassisi Oleg Rijichenko ishbilarmon muhitni baholash bo‘yicha so‘rovlarni tashkil etish bo‘yicha tajriba bilan o‘rtoqlashdi.

Toshkentda viloyatlarga investitsiyalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Savdo-sanoat patalasi tashabbusi bilan muntazam ravishda tadbirkorlar orasida ikki xildagi so‘rovlar o‘tkaziladi: viloyatlarda va Savdo-sanoat palatasi filial tumanlarida.

So‘rovnomalar viloyatlar bo‘yicha biznes muhit bo‘yicha haqqoniy ma’lumotlarni olish, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni aniqlashga yordam beradi. Savdo-sanoat palatasi xodimlari muammolar yechimi bo‘yicha ish olib boradi.