TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov KXDRga tashrif buyuradi. Rasmiy tashrif 31-may sanasiga belgilangan, deb xabar berdi Rossiya TIV matbuot-xizmati.
Rossiya Tashqi ishlar mahkamasi rahbari ikkiyoqlama dolzarb masalalarni, Koreya yarim oroli atrofidagi vaziyatni hamda boshqa xalqaro masalalarni muhokama qiladi.
Ilgariroq Shimoliy Koreyaning yuqori martabali amaldori AQShga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.
RIA Novosti nashri xabariga ko‘ra, Koreya Mehnat partiyasi MQ raisining o‘rinbosari Kim Yon Chxol Pekindan Nyu-Yorkka qarab uchgan.
Oq uy tarqatgan rasmiy xabarlarga ko‘ra, shimoliy koreyalik amaldor AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Muzokaralar Singapurda 12-iyunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSh-KXDR sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlanadi.