Kiyevda o‘ldirilgani aytilgan rossiyalik jurnalist Babchenko aslida tirik bo‘lib chiqdi

Avvalroq uning Kiyevdagi xonadonida otib o‘ldirilgani xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko uni o‘ldirishga “buyurtma” berilgani haqida bir oy avval bilgani va unga maxsus operatsiyada ishtirok etish taklif qilinganini aytdi. U bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmati tashkil qilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Avvalroq uning Kiyevdagi xonadonida otib o‘ldirilgani xabar qilingandi.

"Tashvishga qo‘yganim uchun barchadan uzr so‘rashni istardim... O‘tgan ikki kun davomida ayolimni dahshatli azobga qo‘yganim uchun ayniqsa undan alohida kechirim so‘rayman", — dedi Babchenko.

U Ukraina Xavfsizlik xizmatiga hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi. "Maxsus operatsiya ikki oy davom etdi, meni bir oy ilgari ogohlantirishgandi", — dedi u.