“Chiroyli” avtoraqamlar davlat budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

O‘tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘tgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 59 ta avtomobil raqamlari sotildi, deb xabar qildi "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati.

Ularning 43 tasi jismoniy shaxslarga, 16 tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 761 mln so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 68% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 10% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Buxoro viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng.

Keyingi o‘rinda Toshkent shahri va Toshkent viloyati avto havaskorlari 22% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Farg‘ona va Samarqand viloyatlari avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 12% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 31% ga teng.