O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi

2010-2016 yillarda avtomobil benzini ishlab chiqarish 26,2%ga, dizel benzini ishlab chiqarish 8,3%ga kamaygan.
Sputnik

TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil yanvar-aprel oylarida benzin ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi, deb xabar berdi "Novosti Uzbekistana" portali.

Yaponiya O‘zbekistonda gazdan benzin ishlab chiqaruvchi zavod qurishi mumkin

Aytib o‘tilgan davr mobaynida avtomobil benzini ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 3,7%ga oshdi va 378,9 ming tonnaga, dizel benzini ishlab chiqarish esa 15,7%ga oshdi va 387,9 ming tonnaga yetdi.

2017 yilda benzin ishlab chiqarish kamaygan hamda mos ravishda 1,1 million tonna va 963 ming tonnani tashkil etgandi.

2010-2016 yillarda avtomobil benzini ishlab chiqarish 26,2%ga, dizel benzini ishlab chiqarish 8,3%ga kamaygan.

O‘tgan yili respublika Moliya vazirligi "O‘zneftmahsulot" davlat kompaniyasi va neftni qayta ishlaydigan zavodlarga ikki trillion so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratgandi va bu uglevodorod xomashosi va tayyor neft mahsulotlari importini oshirish imkonini berdi.