TOShKENT, 29-may — Sputnik. Markaziy bank 29-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,70 so‘mga kamayib, 7 982,25 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 97,47 so‘mga pasayib, 9 299,32 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,80 so‘mga tushdi va 127,57 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.