ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti hisob bo‘yicha 18 bor o‘tkazilmoqda. Sammitning oliy darajadagi mehmonlari sharafiga tantanali qabul marosimi hamda chiroqlar shousi o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 29-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 18-sammiti Xitoyning port-shahri Sindaoda 9-10 iyun kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan 29-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan brifing davomida ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

Szan Yan xonim, shuningdek, o‘z chiqishi davomida Sindaoda bo‘lib o‘tadigan yirik tadbir tafsilotlari haqida to‘xtaldi.

Elchining aytishicha, oliy darajada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda tashkilotga a’zo sakkiz mamlakat yetakchilari to‘planishadi. Shuningdek sammitda kuzatuvchi-mamlakatlar maqomiga ega to‘rt davlat rahbarlari, BMT va xalqato tashkilotlar vakillari ishtiroki kutilmoqda.

XXR Raisi Si Szinpin tantanali qabul marosimini uyushtiradi, shuningdek mehmonlar sharafika feyerverkli chiroqlar shousi o‘tkaziladi", — dedi elchi. 

"Bu mamlakatlarda sayyoramizning yarim aholisi istiqomat qiladi, ushbu mamlakatlar global YaIMning 20%ini ta’minlaydi", — deb ta’kidlab o‘tildi brifing davomida.

Sammit davomida mintaqaviy xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

"Shanxay sakkizligi" uchrashuvi yakuni bo‘yicha 20ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Xususan, uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va keyingi besh yil davomida hamkorlik Kelishuvi nizomini hayotga tatbiq etish shular jumlasidandir.

Sammitning asosiy hujjati Sindao deklaratsiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Bu hujjatda ShHT a’zo-mamlakatlari o‘zining mintaqalagi holat bo‘yicha so‘nggi qarorini muhrlaydilar. Shuningdek, sammit doirasida ko‘plab ikkiyoqlama uchrashuvlar, tor va keng doiradagi uchrashuvlar bo‘lishi, ushbu uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ham ko‘pgina hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.