TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuz o‘rtalarida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Rossiya elchisi Vladimir Turdenevga tayangan holda.
“Tashrif kuzning o‘rtalariga rejalashtirilgan, ehtimol oktabrda bo‘lishi mumkin. Lekin ungacha, rasmiy ravishda tasdiqlanmagunga qadar aniq sanalar haqida gapirish amri mahol. Rahbarlarimizning ish jadvallarida vaqt tiziqligi tufayli oxirgi vaqtgacha aniq sanalar haqida gapirish qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, tashrif masalasi kelishib olingan, bu bir necha bor tasdiqlangan”, — deb ta’kidladi Rossiya elchisi.
Bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 960 dan ortiq korxonalar ish faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ekspertlari fikriga ko‘ra, yil yakuniga qadar ularning soni mingtaga yetadi. O‘zbekiston Rossiyada 560 ta korxona ochgan.
Respublika MDH davlatlari orasida Rossiya bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2017-yil yakuni bo‘yicha u 3,6 milliard dollar tashkil qilib, 33,9 foizga ko‘paydi.
Shu yil yanvar-fevralda tovar aylanuvi 50,2 foizga ortib, qariyb 600 million dollarga yetdi. Rossiya eksporti 59,7 foizga, import esa 28,1 foizga ko‘paydi. Rossiyadan O‘zbekistonga umumiy investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollardan ortib ketdi.